Sport

FIFA “Andijon”ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi taqiqni qo‘ydi

FIFA "Andijon" klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni yana taqiqladi.

Joriy yilning 29-iyul kuni FIFA Intizom qo‘mitasi "Andijon" futbol klubiga sobiq murabbiy Mikola Tishenkoga bo‘lgan qarzini to‘lamagani sababli yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga cheklov qo‘ydi.

Agar klub sobiq murabbiyga bo‘lgan qarzini uzmasa, ketma-ket uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

PFL saytida e'lon qilingan xabarda shunday deyiladi: "Bu boradagi FIFA xabarnomasi kecha, Toshkent vaqti bilan soat 18:54 da O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yetib kelgan. "Andijon" klubining bir qator yangi futbolchilar bilan tuzgan shartnomalari esa Ligada bu vaqtdan biroz keyinroq ro‘yxatga olingan. FIFA Intizom kodeksining 50-moddasi 1-bandiga muvofiq, qarorlar ular e'lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Shundan kelib chiqib, Liga "Andijon" shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgan futbolchilarni klub FIFA taqiqi masalasini hal qilmaguncha Superliga musobaqasi uchun ro‘yxatga kiritmaydi".

uzbekistan super leaguetransfer windowfifa banfc andijanplayer registrationdebtmikola tishenkopfl