Mahalliy

Farg‘onada ming yillik devor qoldiqlari topildi

Farg‘ona viloyatining Quva qadimiy shaharchasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ming yillik devor qoldiqlari topildi. Bu devor miloddan avvalgi III asrdan milodiy X asrgacha bo‘lgan davrga tegishli ekanligi aniqlandi.

Qazishmalar Farg‘ona davlat universiteti va Xitoyning Loyan arxeologiya instituti olimlari tomonidan qadimiy Qubbo shahristonida olib borilmoqda. Bu ishlar Farg‘ona davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Farg‘ona–Shanshi arxeologik tadqiqotlar markazi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, topilgan bu qoldiqlar Buyuk Ipak yo‘li tarixida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashinuvlarni o‘rganish uchun muhim moddiy dalil bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi topilgan edi.

fargʻonasamarqandxitoymingtepaarxeologiyaquvaipak yo'liqadimiy devor