Dunyo bo‘ylab Boeing 737 Max samolyotlari tekshiriladi

**Boeing 737 Max samolyotlari butun dunyo bo‘ylab tekshiruvdan o‘tkaziladi**
AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) mingdan ortiq Boeing 737 Max rusumli samolyotlarni fyuzelyajda yoriqlar paydo bo‘lishi ehtimoli sababli tekshirishni buyurdi. Bu haqda CBS News ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rsatma 737 Max 8, 737 Max 9 va 737-8200 modellariga tegishli bo‘lib, AQSHdagi 471 ta va butun dunyo bo‘yicha 1 429 ta avialaynerni qamrab oladi. Tekshiruvlar 10-sentyabrgacha yakunlanishi lozim.
Avvalroq Boeing 737 ning eski modifikatsiyalarida, xususan, eshiklar va favqulodda chiqish yo‘laklari atrofidagi mustahkamlovchi qismlarda yoriqlar aniqlangan edi. Parvoz va qo‘nish paytidagi bosim tufayli vaqt o‘tishi bilan ushbu qismlarda nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Boeing kompaniyasi yoriqlarning asosiy sababini aniqlash va kelajakda ularning oldini olish maqsadida tahlil o‘tkazayotganini bildirdi.
Hozircha Max turkumidagi samolyotlarning o‘zida yoriqlar topilmagan bo‘lsa-da, Boeing ularning konstruksiyasi va yig‘ilish jarayoni o‘xshash ekanligini ta’kidlamoqda. Shu sababli tekshiruvlar ushbu modellarga ham tatbiq etildi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil sentyabr oyida Uzbekistan Airways kompaniyasi Boeing bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Na O‘zbekiston havo yo‘llari, na Boeing shartnoma qiymatini oshkor qilmagan.

