Iqtisodiyot

Dollar va yevro kurslari ko‘tarildi

Rossiya rubli esa pastladi.

Dollarning so‘mga nisbatan qiymati oshdi

Markaziy bank 2026-yil 4-avgustdan boshlab xorijiy valyutalarning yangi kurslarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSh dollarining kursi 29,28 so‘mga ko‘tarilib, 11 989,46 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham 54,07 so‘mga oshib, 13 815,45 so‘mga yetdi. Funt-sterling qiymati 39,38 so‘mga ko‘tarilib, 16 125,82 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rublining kursi esa 0,94 so‘mga pasayib, 149,48 so‘mni tashkil qildi.

dollaryevrofunt-sterlingo‘zbekistonmarkaziy bankvalyuta kurslarirubliqtisodiyot