Iqtisodiyot
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

O‘zbekistonda dollar qiymati yana pasaydi.
Markaziy bankning 31-iyuldan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslariga ko‘ra:
* AQSH dollari 28,87 so‘mga arzonlashib, 12 006,30 so‘mni tashkil etdi.
* Yevro 54,76 so‘mga qimmatlashib, 13 765,33 so‘mga yetdi.
* Rossiya rubli 1,02 so‘mga tushib, 150,44 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana pasayib, 12 035,26 so‘mga tenglashgan edi. Ushbu valyuta 27-iyul kuni 12 ming so‘mlik chegaradan pastga tushgan edi.
o‘zbekistondollar kursimarkaziy bankso‘mrubliqtisodiyotvalyuta kursiyevro

