Iqtisodiyot
Dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

Dollar kursi bir kunlik o‘sishdan keyin yana pasaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 30-iyul sanasidan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
* Dollar qiymati 15,08 so‘mga tushib, 12 035,26 so‘mni tashkil etdi.
* Yevro kursi 25 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,57 so‘mga yetdi.
* Rubl narxi 1,83 so‘mga pasayib, 151,46 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarilib, 12 050,34 so‘mga yetgan edi. Undan oldin, 27-iyul kuni ushbu valyuta kursi 12 ming so‘mdan pastga tushgan edi.
Shuningdek, 29-iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirishga qaror qildi.
eurocurrency exchange ratesus dollarrussian rublemonetary policyinterest ratesuzbek sumcentral bank of uzbekistan

