Iqtisodiyot

Ikki kun pastlagan dollar kursi ko‘tarildi

Dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 29-iyuldan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

* **Dollar** qiymati 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘mni tashkil etdi.

* **Yevro** kursi 21,8 so‘mga ko‘tarilib, 13 685,57 so‘mga yetdi.

* **Rubl** esa 0,2 so‘mga pasayib, 153,29 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi uch kunlik o‘sishdan keyin ketma-ket ikki kun tushib, 11 988,92 so‘mga yetgan edi. Undan oldin, 21-iyul kuni dollar kursi 12 ming so‘mlik chegaradan pastga tushgan edi.

financial newsuzbekistanuzbek somcurrency exchange ratesus dollarrussian rublecentral bankeuro