Davaktiv, IIV hamda DXXning sobiq amaldorlariga oid «ish»lar yopiq sud majlislarida ko‘rilayotgani aytildi
Jinoyat ishlarida shaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boshqa ma’lumotlar mavjudligidan kelib chiqib,

Davaktiv, IIV va DXXning sobiq mansabdor shaxslariga aloqador "ish"lar yopiq sud majlislarida ko‘rib chiqilmoqda.
Jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan Davaktiv, IIV hamda DXXning sobiq amaldorlariga oid "ish"lar Toshkent shahar sudlarida ko‘rilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining "a,v,g" bandlari, 205-moddasi 2-qismining "a,b" bandlari va boshqa moddalari bilan ayblangan B. Abdullayev (Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari) va boshqalarga (jami 30 nafar sudlanuvchi) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan (Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida) ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlarida shaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa ma’lumotlar mavjudligi sababli, sud ajrimlariga asosan, jarayon yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan.
"Bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", – deyiladi rasmiy xabarda.

