“Chorsu”, “O‘rikzor”,“Qo‘yliq” yana bir qator bozorlar sotuvga qo‘yiladi

“Chorsu”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” kabi bir qator bozorlar sotuvga qo‘yiladi.
Toshkent shahrida jami 35 ta bozor va savdo majmuasi, shuningdek, ularning filiallari ommaviy savdolarga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezidentning “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, savdolarda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ buyurtmachi sifatida ishtirok etadi. Kompaniya har bir obyekt uchun tayyor biznes loyihasini ishlab chiqadi va shu asosda obyektlar sotuvga qo‘yiladi. Bozorlarni sotishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi hamda savdoga chiqarish xarajatlari kompaniyaga o‘tkaziladi.
Bozor va savdo majmualarini savdoga chiqarishda ularning o‘rnida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish shart qilib qo‘yiladi.
Quyida ommaviy savdolarga chiqariladigan bozor va savdo majmualari hamda ularning filiallarining to‘liq ro‘yxati keltirilgan:
* “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
* “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ;
* “Bek to‘pi savdo kompleksi” MCHJ;
* “Sergeli dehqon bozori” AJ;
* “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MCHJ;
* “Parkent universal savdo kompleksi” AJ;
* “Yangiobod ixtisoslashgan bozor” MCHJ;
* “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJ;
* “Farhod dehqon bozori” AJ;
* “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ;
* “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Bo‘z” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Yalang‘och” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Qorasuv 2” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Avayxon” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Navro‘z” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Ulug‘bek” shoxobchasi;
* “Navro‘z dehqon bozori” AJning “Shirin” shoxobchasi;
* “Yunusobod dehqon bozori” AJning “Axmad Donish” shoxobchasi;
* “Yunusobod dehqon bozori” AJning “TashGRES” shoxobchasi;
* “Sergeli dehqon bozori” AJning “Sergeli-7” shoxobchasi;
* “Sergeli dehqon bozori” AJning “Sergeli-1” shoxobchasi;
* “Sergeli dehqon bozori” AJning “Qo‘yliq-5” shoxobchasi;
* “Sergeli dehqon bozori” AJning “Qo‘yliq-6” shoxobchasi;
* “Sergeli dehqon bozori” AJning “Quruvchilar” shoxobchasi;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJning “Chig‘atoy” shoxobchasi;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJning “Chuqursoy” shoxobchasi;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJning “Shifokorlar” shoxobchasi;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJning “Xonaki qushlar va akvarium baliqlari” shoxobchasi;
* “Qora-qamish dehqon bozori” MCHJning “Yoshlik” shoxobchasi;
* “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” MCHJga qarashli shoxoba;
* “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJga qarashli “Bek to‘pi” avtoturargohi;
* “Beshqo‘rg‘on savdo” MCHJ.
Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahridagi boshqa dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari)ning filiallari hamda ularning bo‘sh turgan maydonlari master rejalar va belgilangan shartlar asosida baholangan qiymatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Avvalroq Prezidentning ushbu qarori bilan Toshkentdagi yirik savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etish majburiy bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

