Choʻlponotada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi (foto)

Choʻlponotada Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi (foto)
Qirgʻizistonning Choʻlponota shahrida joylashgan Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Marosimda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat madhiyalari ijro etildi. Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, ikki davlat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30-iyul kuni davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga kelgan edi. Davlat tashrifi bilan kelgan prezident va birinchi xonimni “Issiqkoʻl” xalqaro aeroportida Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

