Mahalliy

Buxoro viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

2024 yil oktyabridan buyon Buxoro viloyati SSB rahbari bo‘lgan Elyor Oltiyev o‘rnini Muhsin Rajabov egalladi.

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan, Muhsin Mansurovich Rajabov ushbu boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

U 2024-yil oktyabr oyidan beri bu lavozimda faoliyat yuritgan Elyor Oltiyevning o‘rnini egalladi.

Muhsin Rajabov 2002-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2004-yilda esa klinik ordinaturani tamomlagan.

U o‘z mehnat faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida neyroxirurg sifatida boshlagan. Keyinchalik ushbu muassasada bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimlarida ishlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan M. Rajabov ushbu tayinlovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tajribali mutaxassis o‘z faoliyati davomida Polsha, Rossiya, Janubiy Koreya kabi bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirgan.

rahbartayinlovmuhsin rajabovsog'liqni saqlashyangiliklarkadrlartibbiyotbuxoro viloyati