Mahalliy

Amirning «soliq daftari»da yashiringan Buxoro tarixi

Buxorolik jurnalist, tarixiy-ilmiy tadqiqotchi Ibodat Rajabova bilan «Tuproq ostidagi tarix: Buxoro kentlari nomi orasida yashiringan sirlar sarlavhasi ostida» qadimiy shahar va qabristonlar tarixi borasidagi izlanish va o‘rganishlari borasida suhbatlashgan edik. Tajribali mustaqil tadqiqotchi Ibodat Rajabovaning har bir izlanishi qadim Buxoro tarixiy tilsimlarini ochishda muhim ahamiyat kasb...

Amirning «soliq daftari»da yashiringan Buxoro tarixi

Buxorolik jurnalist va tarixiy-ilmiy tadqiqotchi Ibodat Rajabova bilan «Tuproq ostidagi tarix: Buxoro kentlari nomi orasida yashiringan sirlar» mavzusida qadimiy shaharlar va qabristonlar tarixi bo‘yicha olib borgan izlanishlari haqida suhbatlashdik. Tajribali mustaqil tadqiqotchi Ibodat Rajabovaning har bir tadqiqoti qadim Buxoro tarixiy sirlarini ochishda muhim ahamiyatga ega.

- Bu safar tarixiy izlanishlarni mustaqil tadqiqotchi Hamza Salimov bilan birga olib bordik. Buxoro tarixi shunchalik sirli va qiziqarli bo‘lib, uni chuqur o‘rganish orqali Buxoroning haqiqatan ham javohir diyor ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilasiz. Tadqiqotimiz ko‘plab olimlarni hayratga soldi,- deydi suhbatimiz davomida hamkasbimiz.

Savol: Buxoro tarixini o‘rganishda «soliq daftari» manbasi haqida ko‘p gapiriladi. Bu qanday hujjat va uning ahamiyati nimada?

Ibodat Rajabova: Buxoro amirligi davriga oid bu hujjatlar yurtning ijtimoiy, iqtisodiy va etnografik tarixini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega. Amirlik har yili 1743 ta qishloqdagi 63 ming 456 ta xo‘jalikdan yig‘iladigan soliqlar haqida ma’lumotlar to‘plagan. Bu ro‘yxat xalq orasida «soliq daftari» nomi bilan tanilgan. 1924-yilda O‘zbekiston Markaziy rayonlashtirish komissiyasi bu ma’lumotlarni «Xalq turadigan joylarning ro‘yxati» nomi bilan nashr etdi. Keyinchalik, 2017-yilda muzeyshunos Axtam Ahmedov arxiv manbalarini qayta o‘rganib, arab alifbosidagi matnlarni ilmiy muomalaga kiritdi. Bu hujjat oddiy ro‘yxat emas, unda qishloqlarning nomi, aholi tarkibi, xo‘jaliklar soni, masjidlari, markazdan uzoqligi va qaysi kentdan tarqalgani haqida juda qimmatli ma’lumotlar mavjud.

Savol: Bu manba bilan tanishganingizda, birinchi navbatda nimalar sizning e’tiboringizni tortdi?

Ibodat Rajabova: Eng qiziq jihati, bugungi kunda yashab kelayotgan ko‘plab qishloq nomlarining ortida ming yillik tarix yotganini ko‘rish bo‘ldi. G‘ijduvon, Xayrobot, Shofirkon, Bahouddin, Peshko‘ kabi hududlarga qarashli qishloqlarning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishar ekanmiz, nomlar oddiy atama emas, o‘tmishning tirik xotirasi ekaniga ishonch hosil qildik. Ayniqsa, 220 ta qishloqning kelib chiqish joyi sifatida qayd etilgan Siplon kenti men va yana bir mustaqil tadqiqotchi Hamza Salimovni jiddiy izlanishga undadi. Tadqiqot davomida «Siplon»ni o‘rganish biz uchun alohida ahamiyat kasb etdi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, «Siplon» nomi bugungi kun xaritalarida uchramaydi. Lekin, amirlik davri hujjatlarida u katta tarixiy markaz sifatida namoyon bo‘lgan. Masalan, «soliq daftari»da. Unda Avshor mahallasi 12 ta xo‘jalik, o‘zbek millati, kelib chiqishi Siplon kentidan, Vahmkor - 9 ta xo‘jalik, Siplondan tarqalgan. Shuningdek, Ko‘li Horun, Kulonxona, Navmetan, Raboti Qozi, Tali Aliyon, O‘tror kabi ko‘plab qishloqlar ham Siplon bilan bog‘langan. Bu ma’lumotlar Siplon oddiy qishloq emas, balki atrofidagi ko‘plab aholi maskanlari shakllangan qadimiy markaz bo

tadqiqotbuxoro tarixiibodat rajabovasiplonsoliq daftariarxiv hujjatlarijoy nomlaritarixiy meros