Boshqa

Budapeshtda yarador to‘ng‘iz metroda sarosimaga sabab bo‘ldi

To‘ng‘iz favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish xizmati xodimlari tomonidan tutilganida, uning yaradorligi aniqlangan. Hodisa joyiga chaqirilgan veterinar uning holatini baholab, hayvonni otib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Budapeshtda jarohatlangan yovvoyi cho‘chqa metroda tartibsizlikka sabab bo‘ldi.

Budapesht markazida kezib yurgan yovvoyi cho‘chqa metro bekatiga kirib ketishi oqibatida yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi va metro harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Budapesht transport kompaniyasi (BKV) ma’lum qildi.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, "hayvon qisqa muddatga vagonlardan biriga kirgan, ammo hech bir yo‘lovchi jabrlanmagan. Keyin u vagondan chiqib, xizmat zinapoyasidan tushgan va bekatda turgan poyezd ostiga kirib olgan. BKV xodimlari zudlik bilan bekatni evakuatsiya qilib, yopishdi. Barcha yo‘lovchilar hududni xavfsiz tarzda tark etishdi".

Ma’lum bo‘lishicha, yovvoyi cho‘chqa favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan tutilganida, uning jarohatlangani aniqlangan. Voqea joyiga chaqirilgan veterinar uning holatini baholab, hayvonni otib tashlashga qaror qilgan.

Budapesht meri Gergeliy Karachon Facebook sahifasida shunday yozdi: "Yovvoyi cho‘chqa tufayli metroning M2 yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bunday voqea haqida yozishimga to‘g‘ri kelishini hech qachon o‘ylamagan edim. Yovvoyi cho‘chqa "Layosh Koshut maydoni" metro bekatiga qanday kirib qolgani noma’lum".

Vengriya Milliy ovchilik palatasi matbuot kotibi Attila Feldvarining so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi cho‘chqalar inson uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, odamlar bilan to‘qnash kelganda yovvoyi cho‘chqani zararsizlantirishning eng xavfsiz usuli uni otib tashlash hisoblanadi.

Yovvoyi cho‘chqa qayerda jarohatlangani va metro bekatiga qanday kirib qolgani noma’lum.

xavfsizlikvengriyabudapeshtto'ng'izhayvonvoqeametroevakuatsiya