Layfstayl

Britaniyalik 97 yoshli ko‘zi ojiz ayol samolyot qanotida uchib rekord o‘rnatdi (video)

Britaniyalik 97 yoshli ko‘zi ojiz ayol samolyot qanotida uchib, rekord o‘rnatdi.

Buyuk Britaniyada yashovchi 97 yoshli Betti Bromij parvoz qilayotgan samolyot qanotida uchish orqali o‘zining shaxsiy Ginnes rekordini yangiladi. U bu natijani qayd etgan dunyodagi eng keksa ayolga aylandi. Nafaqadagi ayol so‘nggi o‘n yil ichida bunday xavfli parvozni olti marta amalga oshirgan.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, Cheltnem shahrida istiqomat qiluvchi Betti 2025-yilning avgust oyida insultni boshdan kechirgan. Shundan so‘ng u yana o‘zining ekstremal sarguzashtlariga qaytgan. Nafaqaxo‘r ayol kasallik uning nutqiga ta’sir qilganini, ammo yangi sinovlardan voz kechmaganini tan oldi.

"Ko‘zim deyarli ko‘rmaydi, bu esa hayotni qiyinlashtiradi. Hatto o‘qiy olmayman: telefonimga xabarlar keladi, lekin ularning kimdan ekanini ko‘ra olmayman. Bu juda alam qiladi. Shuning uchun qo‘limdan kelgan ishni qilishni xohlayman", deydi Betti.

Britaniyalik ayol uchun eng qiyin bosqich bo‘yi pastligi sababli samolyotga chiqish bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, parvoz attraksionlardan ko‘ra kamroq qo‘rqinchli kechgan. Rekordchi 100 yoshlik yubileyi uchun alohida sinov o‘ylab topishni rejalashtirmoqda.

Betti Bromij ushbu parvozini o‘zi davolangan Cheltnem kasalxonasi uchun mablag‘ yig‘ishga bag‘ishladi. Yig‘ilgan xayriya pullari kasalxona bemorlari va xodimlari uchun tibbiy uskunalar sotib olishga sarflanadi.

ginnes rekordirekordbritaniyaekstremal sportxayriyasamolyot qanotida uchishbetti bromijkeksa ayol