Layfstayl

Braziliyalik erkak husnbuzar sabab o‘lishiga oz qoldi

Braziliyalik erkak husnbuzarni siqib, o‘lim yoqasiga kelib qoldi.

Braziliyalik bloger va model Villian Silva mo‘ylovi yaqinidagi husnbuzarni siqib tashlaganidan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. U o‘z kuzatuvchilarini bunday harakatning xavfli oqibatlaridan ogohlantirish maqsadida boshidan kechirganlarini hikoya qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ken de CG nomi bilan tanilgan Silva, yallig‘langan tukni olib tashlab, husnbuzarni siqqanidan keyin yuzining keskin shishib ketganini ma’lum qildi. Modelning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar uni jiddiy infeksiya xavfi borligi haqida ogohlantirgan. Bu infeksiya eng yomon holatda miyaga zarar yetkazishi mumkin edi.

"Bu husnbuzar yuzimni juda shishirib yubordi. Meningit xavfi bor edi. Bu miyaga ta’sir qilib, salomatlik uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi", dedi u.

Dermatolog Danijela Kavalkante de Almeyda Manjani tushuntirish berdi. Unga ko‘ra, burundan og‘iz burchaklarigacha bo‘lgan soha yuzdagi "o‘lim uchburchagi" deb ataladi. Bu sohada kalla suyagining ichki tuzilmalariga bog‘langan tomirlar joylashgan. Shu sababli terining jarohatlanishi oqibatidagi infeksiya organizmga kengroq tarqalib ketishi mumkin.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yallig‘lanishni siqish to‘qimalarga bakteriyalar kirishiga va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ular orasida kavernoz sinus trombozi, meningit, miya abssessi yoki sepsis bor.

Villian Silva hozirda tuzalish jarayonida. Ushbu hodisadan so‘ng u husnbuzarlardan o‘zboshimchalik bilan xalos bo‘lish xavfi haqida ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilishni rejalashtirmoqda.

"Husnbuzarimni siqqanim uchun o‘lishimga oz qoldi", deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Italiyada buzilgan pishloq sabab 7 yil komada yotgan bola vafot etgani haqida xabar berilgandi.

xavfblogersog'liqinfeksiyahusnbuzar"o'lim uchburchagi"meningitvillian silva