Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobodga tashrifi doirasida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ko‘p asrlik do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi..

Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobodga qilgan tashrifi doirasida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muloqot qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ko‘p asrlik do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidentiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilganidek, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Tomonlar barcha darajalardagi yaqin va samarali muloqotlar davom etayotganini, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlarda o‘sib borayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, mavjud hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

