Sport

“Barselona” Rodri uchun “Manchester Siti”ga bir futbolchisini taklif qildi

"Barselona" Rodri uchun "Manchester Siti"ga futbolchi almashishni taklif qildi

Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri Ernandesni o'z safiga qo'shib olish maqsadida, o'z futbolchisi Frenki de Yongni taklif qilgan. Bu haqda El Nacional nashri ma'lumot berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya jamoasi Rodri transferi bo'yicha kelishuv doirasida De Yongni "Manchester Siti"ga berishni taklif etgan. Biroq, bu almashinuvning yakuni qanday bo'lishi hozircha aniq emas.

Avvalroq, "Barselona" Rodri uchun 45 million yevro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo muzokaralar davomida Angliya klubi yuqoriroq summa talab qilgan. Shu sababli, "Barselona" ushbu kelishuvga De Yongni ham qo'shishga qaror qilgani taxmin qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli De Yong o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda jami 38 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Rodri esa "Manchester Siti" tarkibida 33 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol kiritgan.

barselonapremer-ligala ligarodrimanchester sitifrenki de yongyarimhimoyachifutbol transferi