Sport

“Arsenal” 90 mln yevroga futbolchi sotib oladi

"Arsenal" 90 million yevroga futbolchi sotib oladi

Londonning "Arsenal" klubi Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimarayshning transferi bo‘yicha yuborgan 90 million yevrolik taklifi qabul qilindi. Bu haqda Fransiyaning L’Equipe nashri ma’lumot berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Nyukasl" rahbariyati dastlab "kanonirlar"ning bir nechta takliflarini rad etgan. Biroq, londonliklar transfer summasini 90 million yevroga oshirgach, jamoa ushbu kelishuvni ma’qullagan. Avvalroq, 28 yoshli xavbek "Arsenal" bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Gimaraysh 2025/2026-yilgi mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchi JCH-2026 musobaqasida Braziliya terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta assist qayd etgan va terma jamoasining eng yaxshi assistentiga aylangan. Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar ushbu mundialning 1/8 final bosqichida Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashgan edi.

arsenaltransferbrazilbruno guimarãesnewcastlemidfielderfootballpremier league