Iqtisodiyot

AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

AQSh ma’muriyati Iroqdan Suriyaning O‘rta Yer dengizi sohiligacha neft yetkazib berish imkonini beradigan quvurni qayta ishga tushirish masalasini muhokama qilmoqda. Loyiha Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tuvchi yangi energetika yo‘lagini yaratish hamda Eronning mintaqaviy ta’sirini cheklashga qaratilgan..

AQSh Iroqdan Suriyaning O‘rta Yer dengizi sohiliga neft yetkazib berish imkonini beruvchi quvurni qayta ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu loyiha Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tuvchi yangi energetika yo‘lagini yaratish va Eronning mintaqadagi ta’sirini cheklashga qaratilgan.

Bloomberg agentligi manbalariga ko‘ra, AQSh prezidentining Suriya va Iroq bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barrak Iroq va Suriya rasmiylari, shuningdek, Chevron Corporation kabi bir qator energetika kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Muzokaralarda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritmayotgan neft quvurini qayta ishga tushirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar bir nechta yangi quvur yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda, ammo asosiy e’tibor Iroqning Kirkuk shahridan Suriyaning Baniyas portigacha olib boruvchi neft quvurini tiklashga qaratilgan. Ushbu quvur 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlatilmagan.

AQSh Davlat departamenti vakili Vashington Amerika kompaniyalari ushbu infratuzilmaviy loyihada faol ishtirok etishiga umid qilayotganini tasdiqlagan.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydini qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng, u yaqin kunlarda Iroq bilan yirik neft sohasiga oid yangi hamkorlik loyihalari e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Bloomberg ta’kidlashicha, so‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil transport yo‘laklarini yaratish zaruratini yanada dolzarblashtirgan. Dunyo neft savdosining katta qismi aynan ushbu strategik bo‘g‘oz orqali amalga oshiriladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Chevron, TotalEnergies SE, Los-Anjyelesda joylashgan TI Capital va Qatarning UCC Holding kompaniyalari Suriyani mintaqaviy neft eksport hubi sifatida rivojlantirish masalasini muhokama qilgan.

Biroq ushbu loyihani amalga oshirish bir qator xavflar bilan bog‘liq. Ehtimoliy quvur yo‘nalishlari Iroqning Anbar viloyati va Suriyaning sharqiy hududlaridan o‘tadi, bu hududlarda IShID terroristik tashkiloti qoldiq guruhlari faolligi saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislar fikricha, loyihaga sarmoya kiritish Suriyaning yangi hukumati mamlakatdagi ko‘p yillik fuqarolik urushi ortidan xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlay olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Avvalroq Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida dengiz blokadasi qayta tiklanganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u 14 iyul kuni xalqaro dengiz yuklariga 20 foizlik yig‘im joriy etish rejasidan voz kechganini bildirib, uning o‘rniga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan savdo kelishuvlari orqali daromad olishga ustuvor ahamiyat qaratishini aytdi.

iraqsyriaoil pipelineus administrationenergy corridorregional stabilitychevronisis