Mahalliy

Andijon viloyatida zilzila qayd etildi

Yakshanba tongda Andijon viloyatining ayrim tumanlarida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi epitsentr bo‘lgan Marhamat tumanida 2−3 ball bo‘lib sezildi.

Andijon viloyatida yer silkinishi kuzatildi.

Joriy yilning 9-avgust sanasida, ertalab soat 08:33 da Andijon viloyati hududida zilzila ro‘y berdi. Bu ma’lumot Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan tasdiqlandi.

Zilzila epitsentri Marhamat tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda silkinish kuchi 2-3 ballni tashkil etdi. Toshkent shahridan 276 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan ushbu zilzila magnitudasi 3 ga teng bo‘lib, uning chuqurligi 10 kilometrni tashkil etdi.

Zilzila sezilgan hududlar:

km depthearthquakenatural disasterseismic activitytashkentandijanmarhamat districtmagnitude