Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Toshkentda yer silkinishi qayd etildi.
Joriy yilning 31-iyul kuni soat 16:13 da Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2,8 magnitudali zilzila yuz berdi.
Yerosti silkinishlari quyidagi hududlarda sezilgan:
* Uchtepa tumani — 3 ball;
* Shayxontohur tumani — 2–3 ball;
* Chilonzor tumani — 2–3 ball;
* Olmazor tumani — 2 ball;
* Zangiota tumani — 2 ball;
* Yunusobod tumani — 2 ball;
* Yakkasaroy tumani — 2 ball;
* Sergeli tumani — 2 ball;
* Mirobod tumani — 2 ball.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, zilzila oqibatida hech qanday talafotlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida bundan avvalgi sezilarli yer silkinishi joriy yilning 27-iyun kuni Afg‘onistonning Badaxshon hududida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila natijasida kuzatilgan bo‘lib, poytaxtda 2–3 ball darajasida sezilgan edi.

