“An-Nassr”da moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi

“An-Nassr”da moliyaviy muammolar yuzaga keldi

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan jamoa, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Arriyadiyah nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati moliyaviy inqiroz sababli bir qator ma’muriy va texnik masalalar bo‘yicha ishlarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Bu muammolar futbolchilarga maosh to‘lash jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatgan. Asosiy tarkibdagi bir necha futbolchi iyun oyi uchun maoshlarini faqat qisman olgan. Klub rahbariyati qarzdorliklarni tez orada to‘liq bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Moliyaviy muammolar sabab xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovichning o‘rnini bosadigan legioner futbolchini transfer qilish jarayoni ham to‘xtatilgan. Hozircha klub yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormayapti va moliyaviy vaziyat barqarorlashishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “An-Nassr” 2019-yildan buyon ilk bor Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

krishtianu ronaldusaudiya arabistonian-nassrmoliyaviy muammolarfutbolchilar maoshitransfer to‘xtatildimarselo brozovichchempionlik