Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi imkoniyatlari bilan tanishmoqda
Mehmonlar Sergeli avtomobil bozori, "Tashkent INDEX" savdo majmuasi va "Banner Print" korxonasida bo‘lib, ularning faoliyati, savdo infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi hamda avtomobillar va ehtiyot qismlar oldi-sotdisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkentda avtomobil va uning qismlari savdosi salohiyatini o‘rganmoqda.
Avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 30 dan ortiq afg‘onistonlik tadbirkordan iborat delegatsiya ayni damda Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Mehmonlar Sergeli bozoridagi ishlatilgan transport vositalari va ehtiyot qismlari savdo nuqtalari, "Tashkent INDEX" savdo majmuasi hamda "Banner Print" MChJ korxonasiga tashrif buyurishdi. Ular ushbu joylarning faoliyati, savdo infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi hamda avtomobillar va ehtiyot qismlar oldi-sotdisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Delegatsiya a’zolariga Toshkentda avtomobil va uning ehtiyot qismlari savdosi sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif dasturi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazish, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

