Adliya vazirligi tomonidan islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 27 martdagi O‘RQ–1126-son Qonuniga muvofiq mamlakatimizda islomiy bank faoliyati joriy etildi.

Adliya vazirligi islomiy banklarning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi O‘RQ–1126-sonli Qonuniga asosan joriy etildi.
Ushbu Qonunni hayotga tatbiq etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatga islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, quyidagi sohalarda huquqiy mexanizmlar takomillashtirildi:
banklar va bank guruhlarida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;
tijorat banklarining ko‘chmas mulk, boshqa mol-mulk hamda yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi ulushlar (aksiyalar)ni sotib olishiga oid talablar;
bir qarz oluvchi yoki o‘zaro bog‘liq qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning maksimal miqdorini belgilash;
tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish;
banklarning Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi.
Mazkur o‘zgartirishlar islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

