Siyosat

5,7 mlrd so‘mlik tender bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi: tafsilotlar

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi va qator tashkilotlar tomonidan «Raqobat to‘g‘risida» gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya

**5,7 milliard so‘mlik tender bo‘yicha ish ochildi: batafsil ma’lumotlar**

Raqobat qo‘mitasi 5,7 milliard so‘mlik tender bilan bog‘liq ishni boshladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Bir manzil, umumiy o‘tmish va milliardlik tender" nomli tanqidiy maqola yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

Qo‘mita Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi buyurtmasi asosida 2026-yil 4-avgust kuni 475 to‘plam seysmik datchiklar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan, boshlang‘ich narxi 5,7 milliard so‘m bo‘lgan tender savdosi "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiqligini o‘rgandi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, "Drilltechpro" MChJ va "Edulab" MChJ tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar alomatlari mavjudligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, "Drilltechpro" MChJ va "Edulab" MChJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

qonunbuzarlikfavqulodda vaziyatlar vazirligiseysmik datchiklarijtimoiy tarmoqlartendertekshiruvkorrupsiyaraqobat qo‘mitasi