Raqobat qo‘mitasi vazirlik tenderini bekor qildirdi
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan 587,2 million so‘mlik tender raqobat qonunchiligiga doir e’tirozlardan

Raqobat qo‘mitasi vazirlik tenderini bekor qildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdosini ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan "Bir manzil, bir telefon — bitta tender" nomli tanqidiy material asosida o‘rganib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 27-iyul kuni markazlashgan tadbirlarni tashkil etish xizmati bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 587,2 million so‘m bo‘lgan tender yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, vazirlik "Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya etmagani aniqlandi. Qo‘mita tender shartlarida raqobatni cheklovchi yoki cheklashi mumkin bo‘lgan holatlar mavjudligini qayd etdi.
Raqobat qo‘mitasi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida rasmiy so‘rov yubordi. Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ushbu tanlov savdosini belgilangan tartibda bekor qildi.
Qo‘mita bu qaror davlat xaridlarida qonuniylikni ta’minlash va tender jarayonlarida teng raqobat muhitini saqlashga qaratilganini ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasining fikricha, aniqlangan qonunbuzilishlarning bartaraf etilishi davlat mablag‘laridan samarali va shaffof foydalanishga xizmat qiladi.

