Mahalliy

14 ta hududda Xalq qabulxonalari mudirlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Ularning qariyb yarmini ayollar tashkil qiladi.

14 ta hududda Xalq qabulxonalari mudirlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu tayinlovlar Prezident Administratsiyasi rahbarining ko‘rsatmasiga binoan amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu lavozimlarga mas’uliyatli, tajribali, aholi bilan doimiy aloqada bo‘lgan hamda hududiy tashkilotlar rahbarlari ishini muvofiqlashtira oladigan kadrlar tanlab olindi. Tayinlanganlarning qariyb yarmini ayollar tashkil etadi.

Hududiy Xalq qabulxonalari mudirlarining yangi o‘rinbosarlari quyidagilar:

* Nilufar Allabergenova – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

* Sultonbay Berdikilichov – Xorazm viloyati;

* Firuza Ibragimova – Buxoro viloyati;

* Qabirdin Abdiazizov – Navoiy viloyati;

* Xurshid Ochilov – Samarqand viloyati;

* Bayrambek Uzakov – Jizzax viloyati;

* Dilshunos Abdullayeva – Sirdaryo viloyati;

* Davlatmurod Ravshanov – Qashqadaryo viloyati;

* Abduhoshim Abdullayev – Farg‘ona viloyati;

* Bahodir Yusupov – Namangan viloyati;

* Nasiba Kulbekova – Toshkent viloyati;

* Dilbar Suvonova – Surxondaryo viloyati;

* Muqaddasxon Sultonova – Andijon viloyati;

* Tolibjon Orziyev – Toshkent shahar.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy Xalq qabulxonalari mudirlari lavozimini ham egallaydi.

uzbekistangovernment officialsregional administrationlocal governmentpersonnel changeswomen in leadershipappointmentspublic reception offices