Iqtisodiyot

1 mlrd so‘mgacha 7 yil muddatga 18,99% stavkada: InfinBANK biznes uchun yangi kredit taklif etadi

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun InfinBANK’dan yillik 18,99% li yetti yil muddatga 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan Infin Yuksalish krediti taqdim etildi. Mablag‘larni biznesni rivojlantirishga yoki boshqa banklarda kreditlarni qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish mumkin.

InfinBANK biznesni rivojlantirish uchun yangi kredit mahsulotini taqdim etdi: "Infin Yuksalish" 7 yil muddatga, yillik 18,99% stavkada 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratadi.

InfinBANK yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan "Infin Yuksalish" nomli yangi kredit mahsulotini ishga tushirdi. Ushbu kredit tadbirkorlarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish va biznesni kengaytirish maqsadida 1 milliard so‘mgacha mablag‘ni yillik 18,99% stavkada, 7 yilgacha muddatga olish imkoniyatini beradi.

"Infin Yuksalish"ning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u boshqa banklardan olingan amaldagi kreditlarni qayta moliyalashtirish va ularni InfinBANK'ka yanada qulay shartlar asosida o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Bu esa kredit yukini kamaytirishga va moliyalashtirishning yanada maqbul shartlariga ega bo‘lishga yordam beradi. Ajratilgan mablag‘larni tovarlar, xomashyo va materiallar sotib olish, tovar zaxiralarini oshirish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish hamda biznesning boshqa joriy ehtiyojlari uchun sarflash mumkin.

"Biznes uchun bugungi kunda hamyonbop va uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatining mavjudligi qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunamiz. Aynan shu sababli biz raqobatbardosh foiz stavkasi, uzoq kreditlash muddati hamda joriy majburiyatlarni qayta moliyalashtirish imkonini o‘zida jamlagan "Infin Yuksalish" mahsulotini yaratdik. Ishonamizki, yangi mahsulot tadbirkorlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi", — deya ta’kidladi InfinBANK AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Alesya Frolova.

Yangi "Infin Yuksalish" kreditini 1-avgustdan boshlab InfinBANK’ning barcha korporativ bo‘linmalarida rasmiylashtirish mumkin. Batafsil ma’lumotni InfinBank saytidan yoki (+998) 71−202−50−80 telefon raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

uzbekistanfinancial servicesentrepreneurshipinfinbankbusiness loaninfin yuksalishrefinancingcredit product