1 avgustdan tashabbusli byudjyetda yangi tartib joriy etiladi
2026 yil 1 avgustdan boshlab tashabbusli byudjyet jarayonida deputatlarning vakolatlari kengaytiriladi. Endi ular ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1-avgustdan boshlab tashabbusli byudjet tizimida yangi tartib kuchga kiradi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda har bir deputat "Ochiq byudjet" axborot portalida bir mavsum davomida o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobidan bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar deputatning vakolati muddatidan oldin tugatilsa, tashabbusli byudjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga asosan, tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan belgilanadi.
Ushbu tartib tashabbusli byudjet doirasida aholi tomonidan taklif etilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishga hamda deputatlarning ushbu jarayondagi faol ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

