1 avgustdan ayrim kamyob qushlar va yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
2030 yil 1 yanvarga qadar respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan ro‘yxat asosida chavoqlantiriladi.

1-avgustdan boshlab ayrim noyob qushlar va yovvoyi hayvonlarni ovlashga moratoriy joriy etiladi.
2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston hududida noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlarni ovlash man etiladi. Hukumat qaroriga ilova qilingan ro‘yxatda 66 turdagi qushlar, sutemizuvchilar, baliqlar, sudralib yuruvchilar va umurtqasizlar mavjud.
Quyidagilar ushbu cheklovga kirmaydi:
* Fermer xo‘jaliklari, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va/yoki yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash;
* Ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilish.
Shuningdek, yovvoyi hayvonlarni tutish bo‘yicha kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ovlash taqiqlangan noyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan turlarga kvota ajratilmaydi.
Belgilanishicha, 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvargacha respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili kamida 15 tonna miqdorida chavoqlantiriladi. Chavoqlantirish uchun turlar ro‘yxati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladi.

