Oʻzbekistonda iyun oyida ishbilarmonlik faolligi oʻsishda davom etdi

Oʻsish mamlakatning barcha hududlarida qayd etildi. Bu banklararo toʻlovlar sonining ortishi, tovar-xom ashyo birjasidagi faollikning kuchayishi, faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari sonining koʻpayishi hamda tovar belgilari roʻyxatdan oʻtkazilishining oshishi bilan izohlanadi.

Oʻzbekistonda iyun oyida ishbilarmonlik faoliyatining oʻsishi davom etmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil iyun oyida 1128 birlikni tashkil etdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 12,8 foizga oʻsishni koʻrsatadi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 36 foizga oʻsish kuzatilgan.

Joriy yilning iyun oyida IFI komponentlari darajasidagi oʻzgarishlar kuzatildi. 2026 yil iyun oyida IFI barcha hududlarda oʻtgan oyga nisbatan oʻsishni koʻrsatdi. Jumladan, Sirdaryo (51,3 %), Surxondaryo (49,1 %), Namangan (47,1 %) va Xorazm viloyatlarida (45 %) sezilarli oʻsish kuzatildi.

Hisobot davrida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 7 930,9 ming tani tashkil etdi, bu 2026 yilning may oyiga nisbatan 1 246,9 ming tranzaksiyaga (18,7%) ortgan (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 25,7 %).

Banklararo toʻlov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan. Xususan, Qashqadaryo (25,9 %), Jizzax (24,7 %), Fargʻona (23,7 %) va Sirdaryoda (23,0 %) yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Mazkur oʻsish, Markaziy bankning banklararo elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan toʻlov hujjatlarining umumiy sonining ortishi bilan izohlanadi. Bunda 2026 yilning may oyiga nisbatan memorial orderlar soni 24,2 foizga (510,9 mingta), toʻlov topshiriqnomalari 14,5 foiz (620,9 mingta), toʻlov talabnomalari 25,6 foiz (3,7 mingta) va inkassa topshiriqnomalari 40,4 foiz (111,3 mingta) oshgan.

Joriy yilning iyun oyida IFIning birja komponenti 1,1350 birlikni tashkil etgan (oʻtgan oyga nisbatan 13,5 foizga ortgan). Bunda, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlarning oʻrtacha hajmi 3,8 foizga kamayganligi va tuzilgan bitimlar soni 31 foizga ortganligi kuzatildi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2026 yil iyun oyida 9 509 mlrd. soʻmni tashkil etdi, bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 27,7 foizga oshgan.

Bunda, birja savdolarining faolligida omuxta yem savdosi hajmining oʻtgan oyga nisbatan 12 baravarga, paxta tolasidan olinadigan lint 4,2 baravar, shisha bankalari 2,5 baravarga va benzin yoqilgʻisining (AI 91, 92, 95) oʻrtacha 2,1 baravarga ortishi asosiy omil hisoblanadi.

Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari komponenti 1,0120 birlikni tashkil etgan, bu oldingi oyga nisbatan 1,2 foizga ortgan. Bunda:

2026 yilning iyun oyida savdo belgilari boʻyicha komponent 1,1855 birlikni tashkil etgan, bu oʻtgan oyga nisbatan 18,5 foizga oshgan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 473 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻ