Mahalliy

Özbekistonda tuğilişlar soni 26 mingtaga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş holati qayd etildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 26 mingtaga kam.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 26 mingtaga kamaydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan — to‘qqiz oy ichida hududda 77 537 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari egallagan. Ularda mos ravishda 72 508 va 71 437 ta tug‘ilish qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 15 377 ta.

Hududlar bo‘yicha tug‘ilishlar soni quyidagicha:

Samarqand viloyati — 77 537 ta;

Qashqadaryo viloyati — 72 508 ta;

Farg‘ona viloyati — 71 437 ta;

Surxondaryo viloyati — 59 890 ta;

Andijon viloyati — 57 937 ta;

Namangan viloyati — 55 143 ta;

Toshkent viloyati — 52 917 ta;

Toshkent shahri — 41 127 ta;

Buxoro viloyati — 31 218 ta;

Xorazm viloyati — 30 848 ta;

Jizzax viloyati — 27 883 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27 273 ta;

Navoiy viloyati — 17 533 ta;

Sirdaryo viloyati — 15 377 ta.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.