Özbekiston va Qirğiziston energetika vazirlari Qambarota GES-1 loyihasini amalga oşiriş böyiça fikr almaşdi
Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilişi 2027 yoki 2028-yilda boşlanişi mumkinligini aytgandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika vazirlari Qambarota GES-1 loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi
O‘zbekiston energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev va Qirg‘iziston energetika vaziri Altinbek Risbekov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish va tranzit qilish, Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida hamkorlikdagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy energetika infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shma loyihalar, jumladan, “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilishi 2027 yoki 2028-yilda boshlanishi mumkinligini aytgandi.

