Iqtisodiyot

Özbekiston va CSCEC International transport infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalarini muhokama qildi

Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xitoyning CSCEC International kompaniyasi bilan transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş loyihalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va CSCEC International transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xitoyning CSCEC International kompaniyasi bilan transport infratuzilmasi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv 30 oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda kompaniya bosh direktorining o‘rinbosari Sun Szindun boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Bunda yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va tegishli qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar davomida transport sohasidagi istiqbolli loyihalar hamda ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida muloqotni davom ettirish hamda hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.