Iqtisodiyot

Özbekiston 2030-yilga kelib uran işlab çiqarişni ikki baravar oşirişni rejalaştirmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev “Navoiyuran” korxonasi va “Özbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Özbekiston 2030-yilgacha uran ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev “Navoiyuran” korxonasi hamda “Özbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari va kelgusi rejalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Hozirgi kunda dunyoda muhim minerallar va metallarga talab tez sur’atlarda ortib bormoqda. Xususan, an’anaviy metallarga talab yiliga o‘rtacha 1 foizga oshayotgan bo‘lsa, kritik minerallar bozorida bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil etmoqda.

Shunga mos ravishda, mamlakatimizda ham mavjud mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Taqdimotda avval “Özbekiston texnologik metallar kombinati” faoliyati va uni rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Kombinatda geologiya-qidiruvdan boshlab, qazib olish, boyitish, chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq texnologik zanjirni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar 12 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar turini ko‘paytirish, yuqori soflikdagi selen va tellur ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari muhim minerallar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tezlashtirib, mavjud 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur, reniy) qo‘shimcha ravishda yana 11 turdagi mahsulot (nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis) ishlab chiqarishni o‘zlashtirish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng jalb etib, qo‘shimcha mineral zaxiralarni aniqlash muhimligi ta’kidlandi.

Rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha 16 turdagi muhim metallar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard dollardan oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Ayniqsa, volframni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish uchun 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 2030-yilga borib, ushbu yo‘nalishda ishlab chiqarish hajmini qariyb 2,2 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Shuningdek, noyob va kamyob yer elementlariga boy istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirish, kombinatning resurs bazasini kengaytirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Taqdimotda “Navoiyuran” korxonasining joriy yildagi faoliyati va ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda jahon bozorida uran xomashyosiga talab 15-20 foizga oshgan. 2030-yilgacha esa yana 28 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Bunday sharoitda mamlakatimizda uran qazib olish hajmini ko‘paytirish, yangi konlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va uran sanoatini zarur resurslar bilan barqaror ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burg‘ilash ishlarini kengaytirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shimcha sorbsiya qurilmalarini ishga tushirish hamda 250 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Korxonaning ishlab chiqarish hajmlarini oshirishda zarur kimyoviy reagentlar ta’minoti muhim o‘rin tutadi. Shu bois, mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislotasini yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Prezidentimiz ishlab chiqarishda muqobil texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, 2030-yilgacha sulfat kislotasi o‘rnini bosuvchi reagentlar ulushini 40 foizga yetkazish zarurligini qayd etdi.

Umuman, ushbu chora-tadbirlar va yangi ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga 2030-yilgacha uran ishlab chiqarish hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, korxonalarning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash, yangi texnologik quvvatlarni ishga tushirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.