Ziroat Mirziyoyeva sammit mehmonlari bilan bolalar hayotiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tomosha qildi
Ekspozitsiya orqali bolalarning xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi va kelajakda o‘z o‘rnini topishida davlat hamda jamiyatning

Ziroat Mirziyoyeva sammit mehmonlari bilan bolalar hayotiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi
«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva «Bolalar farovonligiga investitsiya» sammiti mehmonlari bilan birga bola hayoti va uning kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tomosha qildi.
Ko‘rgazmada bolaning dunyoga kelishidan oldingi davrdan boshlab, uning ulg‘ayishi, bog‘cha va maktabda ta’lim olishi, kasb tanlashi hamda ilk mehnat faoliyatiga qadam qo‘yishigacha bo‘lgan hayot yo‘li aks ettirildi.
Ekspozitsiya orqali bolalarning xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi va kelajakda o‘z o‘rnini topishida davlat hamda jamiyatning mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida mehmonlar katta qog‘oz qayiqcha yoniga kelib, bolalar kelajagiga oid ezgu tilaklarini yozdilar va unga ilib qo‘ydilar.
Mazkur ramziy jarayon bolalarning baxtli kelajagi yo‘lidagi umumiy orzu-umidlar ifodasi bo‘ldi.

