Zimbabveda parom ag‘darilishi oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi
Parom ag‘darilishiga kuchli shamol va to‘lqinlar sabab bo‘lgan.

Zimbabveda 80 kishi parom halokatida vafot etdi
Zimbabveda joylashgan Kariba suv omborida paromning ag‘darilishi natijasida 80 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu fojia kuchli shamol va baland to‘lqinlar tufayli yuz bergan.
Hozircha paromda bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining aniq soni ma’lum qilinmagan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

