Zelenskiyning oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan 4 nomzod nomi aytildi
Nashr ushbu roʻyxatni AQSH prezidentining Ukrainada yangi saylov oʻtkazishga chaqirigʻi fonida tuzgan.

Zelenskiyning oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan 4 nomzod nomi tilga olindi
Newsweek (AQSH) yangiliklar jurnali Ukrainaning keyingi prezidenti lavozimiga daʼvogarlik qilishi ehtimoli bor boʻlgan toʻrt siyosatchining nomini eʼlon qildi.
Nashr bu roʻyxatni AQSH prezidentining Ukrainada yangi saylov oʻtkazishga chaqirigʻi fonida shakllantirdi.
Valeriy Zalujniy. Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qoʻmondoni, hozirda Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi;
Kirill Budanov. Ukraina harbiy razvedkasining (GUR) sobiq rahbari, hozir Ukraina prezidenti ofisi rahbari;
Mixail Fyodorov. Raqamlashtirish va sobiq mudofaa vaziri. Hozir isteʼfoda;
Pyotr Poroshenko. Ukrainaning beshinchi prezidenti, muxolifatdagi «Yevropa birdamligi» partiyasi yetakchisi.
10-oktabr kuni AQSH yetakchisi Donald Tramp Ukrainada yangi saylov oʻtkazishni taklif qildi va Volodimir Zelenskiyni AQShga zarar yetkazmoqchi boʻlishda aybladi.
«Men kelishuv tuza oladigan yangi yetakchini topishni taklif qilaman. Chunki u koʻplab bitimlar tuzishi mumkin edi, ammo negadir hech qachon bunday qilmadi», - dedi AQSH yetakchisi.
Ertasi kuni Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida, agar Rossiya 60 kunga oʻt ochishni toʻliq toʻxtatishga rozi boʻlsa, Ukraina prezidentlik saylovini oʻtkazishga tayyorligini aytdi. Kreml esa buni rad etib, faqat saylov kuni hujumlarni toʻxtatishga tayyorligini bildirdi.
Ukrainada prezidentlik saylovi 2024-yil mart oyi oxirida boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq harbiy holat joriy etilgani sababli oʻtkazilmadi. Oʻsha yilning may oyida Zelenskiyning besh yillik vakolat muddati yakunlandi. Shundan beri Moskva uni nolegitim prezident deb hisoblab keladi.
Yevropa Ittifoqi, BMT va AQSH Davlat departamenti esa vakolat muddati tugaganiga qaramay, Zelenskiyni prezident sifatida tan olishda davom etmoqda.

