Dunyo

Zelenskiy Ukrainada saylov oʻtkazish uchun shartini aytdi

U Putin 60 kunlik otashkesimga rozi boʻlishini soʻramoqda.

Zelenskiy Ukrainada saylov oʻtkazish uchun shartini maʼlum qildi

Agar Vladimir Putin 60 kunlik sulhga rozi boʻlsa, Ukrainada saylovlar oʻtkaziladi, dedi Volodimir Zelenskiy ABC News jurnalisti Jonatan Karlga bergan intervyusida.

Zelenskiy AQSH prezidentining Ukrainaga yangi yetakchi kerakligi haqidagi gaplariga javoban, qachon saylov oʻtkazish va kimni saylash masalasini ukrainlarning oʻzi hal qilishi kerakligini taʼkidladi.

«Prezident Tramp aytdiki, bizga – Ukrainaga – yangi prezident kerak. Prezident Trampga hurmatni saqlagan holda aytamanki, yetakchini saylash – bu bizning jamiyatimizning, xalqimizning ishi. Ha, biz urush holatidamiz va saylovlar oʻtkazish chindan ham juda qiyin», – dedi Zelenskiy ABC efirida.

Uning aytishicha, gap faqat Ukraina qonunchiligi urush davrida saylovlar oʻtkazishni taqiqlashida emas, balki hozir odamlarga ovoz berish imkonini beradigan xavfsizlik infratuzilmasi ham yoʻqligida.

«Agar prezident Tramp chindan ham saylovlar orqali oʻzgarishlar boʻlishini xohlasa – men bu haqda uning jamoasiga ham aytganman – ular Putinga yetkazishsin: bizga ikki oy, nafas rostlash uchun 60 kun muhlat berilsin. Oʻt ochish 60 kunga toʻliq toʻxtatilsin – va biz saylovlarni tashkillashtiramiz. Albatta, biz xalqimizning – aynan ukrain xalqining har qanday tanlovini qabul qilishga tayyor boʻlamiz», – deydi Zelenskiy.

Bir kun avval Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Ukrainaga «kelishuv tuza oladigan yangi prezident saylash»ni taklif qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.