Dunyo

Zelenskiy Rossiyaga kuniga mingta dron uchirish vazifasini qoʻyganini maʼlum qildi

Ukraina rahbari «maqsad mutlaqo aniq» ekanini va Ukraina «bu vazifani albatta bajarishini» qoʻshimcha qildi.

Zelenskiy Rossiyaga har kuni mingta dron hujumi uyushtirishni topshirdi

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlariga Rossiya hududiga kuniga mingta dron uchirish vazifasini yuklaganini ma’lum qildi.

"Bugun Stavka yigʻilishini oʻtkazdim. Asosiy maqsad – Rossiyaning Ukrainaga berayotgan zarbalaridan himoyalanish uchun oʻz qurol-yarogʻlarimiz ishlab chiqarishni maksimal darajada oshirishdir. Eng muhimi – reaktiv "Shohid"lardan himoyamizni taʼminlash va Rossiyaga uzoq masofali zarbalarimizni yanada kuchaytirish. Vazifa – Rossiyaga qarshi uzoq masofali sanksiyalar uchun kuniga mingta dron. Hozir uzoq masofali sanksiyalarimiz oʻrtacha 300 tani tashkil etmoqda, bu koʻrsatkich yanada koʻproq boʻlishi kerak", dedi u.

Zelenskiy "maqsad mutlaqo aniq" ekanini va Ukraina "bu vazifani albatta bajarishini" qoʻshimcha qildi.

Iyul oyi boshida Zelenskiy Financial Times nashriga bergan intervyusida urushning asosiy bosqichi quruqlik va dengizdan havoga koʻchganini taʼkidlab, aynan "osmondagi jang" mojaro taqdirini hal qilishi haqidagi fikrni bildirgan edi.

"Moskva tomon yuzta emas, mingta dron uchsa, u [Vladimir Putin] shunda tushunadi. U buni shaxsan his qila boshlaganida, oʻz koʻzlari bilan koʻra boshlaganida... maslahatchilari uni Ural ortiga koʻchib oʻtishga koʻndiradi. Putin Moskvadan qanchalik uzoqlashsa, urushning yakuni ham shunchalik yaqinlashadi", – degan edi Zelenskiy.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.