Dunyo

Zelenskiy Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari boʻylab zarbalar kuchaytirilishiga vaʼda berdi

RF mudofaa vazirligidagilar bu haqda «eshitishgani»ni, shuning uchun ham oʻz hujumlari koʻlamini kengaytirmoqchi ekanini maʼlum qilishgan.

Zelenskiy Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar kuchayishini vaʼda qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar yanada kuchaytirilishini bildirdi. Shundan soʻng RF mudofaa vazirligi ham Ukrainadagi nishonlarga zarbalar hajmi kengaytirilishini maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Ukraina maxsus xizmatlari Vladimir Putin qish kirib kelishi arafasida Ukraina boʻylab zarbalar uchun nishonlar doirasini kengaytirish haqida buyruq berganini koʻrsatuvchi hujjatlarni qoʻlga kiritgan.

Zelenskiyning fikricha, RF prezidenti Rossiya qoʻshinlari pozitsiyalarni yoʻqotib, ogʻir talafot koʻrayotgan bir paytda «kuchini koʻrsatib qoʻyish»ga qaror qilgan.

«Biz hujjatlarni koʻrdik va bilamizki, ular infratuzilmalar, logistika tugunlari va ayniqsa shaharlar va qishloqlarga – hamma joyga: koʻchalar, maktablar, shifoxonalarga zarba berilishini istisno etmaydi. Odamlarni poytaxtni tark etishga, boshqa shaharlardan ketishga majburlash – bu operatsiyaning maqsadi shunday», – degan Ukraina prezidenti.

Intervyuda Zelenskiy Ukraina Moskvaning taktika oʻzgarishiga javob qaytarishini, biroq fuqarolik infratuzilmalariga ommaviy zarba bermasligini taʼkidlagan.

Ularning energetikamizga hujumlariga javoban biz ularning energetikasiga zarba berishimiz kerak. Birinchi navbatda, neftni qayta ishlash zavodlari va shu kabilarga – ularga bu urushni olib borish uchun pul keltiradigan obyektlarga. Ammo biz, albatta, ularga oʻxshab duch kelgan fuqarolik obyektlariga zarba bermaymiz.

Yakshanba kuni RF mudofaa vazirligidagilar Zelenskiyning ogohlantirishi haqida «eshitishgani»ni va endi «harbiy va harbiy-sanoat obyektlari, shuningdek, ular bilan aloqador boʻlgan infratuzilmalar»ga hujumlar kuchaytirilishini maʼlum qildi.

Rossiya harbiy idorasi vaziyat keskinlashuvi uchun javobgarlikni bevosita Zelenskiyga yuklagan va «Ukraina aholisi [Rossiya zarbalari kuchayishi] uchun faqat Kiyev rejimi rahbarini ayblashi kerakligi»ni taʼkidlagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp sentabr oyida ikki marta Zelenskiyni Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni toʻxtatishga chaqirgandi – Amerika prezidenti fikricha, bunday zarbalar jahon bozorida dizel taqchilligini yuzaga keltirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.