Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
U avval Bekobod tumaniga rahbarlik qilayotgandi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U bungacha Bekobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan Erkinjon Turdimov esa bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan edi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018 yil avgustidan 2022 yil iyuligacha Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan. Keyinchalik u Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari ham bo‘lgan.

