Texnologiya

Zarba va razvedka uchun: yangi dron namoyish qilindi

AEVEX Corp. kompaniyasi turboreaktiv dvigatelli, modulli foydali yukka ega Specter avtonom uchish apparatini taqdim etdi. Bir tomonlama zarba missiyalariga moʻljallangan dron konstruksiyasi uni yerdan ham, havodan ham uchirish imkoniyatini nazarda tutadi.

Zarba va razvedka uchun: yangi dron taqdim etildi

Apparat ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ixtisoslashgan Divergent Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

AEVEX maʼlumotiga koʻra, Specter modulli korpus asosida yaratilgan. Bu yechim konstruksiyani toʻliq qayta ishlab chiqmasdan turib, vazifaga mos uskunalarni almashtirish imkonini beradi.

Foydali yukni joylashtirish uchun asosiy element sifatida almashtiriladigan burun seksiyasi xizmat qiladi. Platforma rivojlanishi davomida operatorlar apparatni turli vazifalarga moslashtira olishi rejalashtirilgan.

Kompaniya ehtimoliy foydali yuk variantlari orasida nishonni jismonan shikastlashga moʻljallangan kinetik zarba vositalari va radioelektron kurash uskunalarini sanab oʻtgan. Bundan tashqari, apparat razvedka va kuzatuv tizimlarini ham olib yurishi mumkin.

AEVEX hozircha Specterʼning maksimal tezligi, parvoz masofasi, oʻlchamlari va foydali yuk massasini oshkor qilmagan. Seriyali ishlab chiqarish qachon boshlanishi hamda apparatni olishi mumkin boʻlgan buyurtmachi yoki operatorlar nomi ham maʼlum emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.