Dunyo

Zaporijjyada besh qavatli uyga zarba: besh kishi, jumladan, ikki bola halok boʻldi

Rossiya qoʻshinlarining Zaporijjyadagi besh qavatli turar joyga boshqariladigan aviabombalar bilan bergan zarbasi oqibatida besh kishi, jumladan, ikki bola halok boʻlgan. Mahalliy rasmiylar vayronalar ostida hali odamlar boʻlishi mumkinligini bildirmoqda.

Zaporijjyadagi besh qavatli uyga berilgan zarba oqibatida besh kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi

DW xabariga ko‘ra, Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Mixail Semikin 10-oktabr kuni besh kishi halok bo‘lgani va yana 10 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan.

«Zarbalar berilgan joylarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vayronalar ostida hali odamlar bo‘lishi mumkin», - deb yozgan u Telegram’da.

Viloyat mudofaa kengashi hamraisi Ivan Fedorov esa jabrlanganlar sonini 11 kishi deb ko‘rsatgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida 14 yoshli qiz va 12 yoshli o‘g‘il bola bor. Ikkalasining ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.

Fedorov ikki jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekanini, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilganini ham bildirgan.

Hujum oqibatida Zaporijjyaning Shevchenko va Voznesenovskiy tumanlarida kamida 26 ta turar joyga zarar yetgan. Ularning 23 tasi ko‘p qavatli uylardir. Noturar binolarda ham shikastlanish qayd etilgan.

Rossiya qo‘shinlari bir kun avval ham Zaporijjyaga boshqariladigan aviabombalar bilan zarba bergan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.