Mahalliy

Zangiotada tirbandlikni kamaytirish uchun yangi yoʻl oʻtkazgich ochildi

3-oktabr kuni Sobir Rahimov – Oʻrtaovul bekatlari oraligʻida yangi temiryoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshirildi. Toshkent shahri va viloyati tutashgan hududdagi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni kamaytirish hamda haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz harakatni taʼminlashga qaratilgan.

Zangiotada tirbandlikni kamaytirish maqsadida yangi yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshirildi. «Oʻzbekiston temiryoʻllari» AJ bergan maʼlumotga koʻra, ushbu yoʻl oʻtkazgich mavjud temiryoʻl kesishmasi o‘rnida qurilgan.

Ochilish tadbirida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, «Oʻzbekiston temiryoʻllari» AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, transport prokurori I. Narimov, mahalliy aholi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan.

Loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan ikki yo‘lli temiryo‘l ko‘prigi bunyod etilgan. Qurilish ishlari yakunlangach, temiryo‘l izlari avvalgi joyiga qayta o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, 1 200 metrlik aylanma temiryo‘l va avtomobil yo‘li qurilgan, 800 metr kontakt tarmog‘i ko‘chirib o‘tkazilgan.

Qurilish jarayonida to‘siq devor poydevori uchun 237 ta qoziq bo‘yicha burg‘ilash ishlari amalga oshirilgan. Umumiy hisobda 60 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan.

Hududda avtomobil va piyodalar yo‘laklari ham to‘liq qurib bitkazilgan. Yomg‘ir hamda qor suvlarini xavfsiz oqizish uchun tegishli qurilmalar o‘rnatilgan.

Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgich Zangiota tumani aholisi va hudud orqali tranzit harakatlanayotganlar uchun qulaylik yaratadi. U avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani kamaytirish, yo‘lda sarflanadigan vaqtni tejash va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.