Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis ushlandi

Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandisning qilmishlari fosh bo‘ldi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan hamda xalq orasida «Chinni bozor» nomi bilan tanilgan «Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi»da faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorning (YaTT) do‘konida soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Natijada, tadbirkor savdo tushumlarini mobil ilovalar orqali o‘zining...

Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis ushlangan

Zangiotada soliqchi va Buvayda tumanida muhandisning noqonuniy faoliyatlari fosh etildi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan va xalq orasida «Chinni bozor» deb ataladigan «Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi»da faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorning (YaTT) do‘konida soliq tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, tadbirkor savdo tushumlarini mobil ilovalar orqali o‘zining shaxsiy bank plastik kartasiga o‘tkazib, YaTT hisob raqamiga kirim qilmaganligi aniqlangan.

Zangiota tumani Soliq inspeksiyasining bosh inspektori esa YaTTga 160 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishini aytib, uni bartaraf etish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchining topshirig‘i bilan tadbirkordan ushbu pul mablag‘ini olgan paytda uning vositachisi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shunga o‘xshash qonunbuzilish holati Farg‘ona viloyatida ham kuzatilib, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buvayda tumani Elektr ta’minoti korxonasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, quyosh panellari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan noqonuniy ravishda 1000 AQSh dollari olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, muhandis o‘z hududida quyosh panellarini o‘rnatishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni mijoz sifatida tadbirkorga yo‘naltirish, panellarni o‘rnatish bo‘yicha kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish va texnik shart olib berish evaziga 5000 AQSh dollari talab qilgan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.