Yuzdan ortiq un ishlab chiqaruvchi korxona talablarga mos emasligi aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda Jamgʻarma tomonidan birja savdolari orqali sotilgan bugʻdoyni xarid qilgan un ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini qayta xatlovdan oʻtkazdi.

Yuzdan ortiq un ishlab chiqaruvchi korxona talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi
Xatlov yakunlariga ko‘ra, respublikada un ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 301 ta tadbirkorlik subyekti borligi aniqlandi.
Shulardan 49 tasi o‘z ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lmasdan, davlat shartnomalari asosida faoliyat yuritayotgani, 22 tasi vaqtincha ishlamayotgani, 6 tasining faoliyati to‘xtatilgani, 42 tasida muvofiqlik sertifikati, 8 tasida esa sanitariya-epidemiologik xulosa mavjud emasligi bildirildi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Jamg‘arma bug‘doyini xarid qilgan korxonalar tomonidan undan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish hamda ushbu sohadagi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tegishli instansiyalarga kiritildi.

