Layfstayl

Yurak yaxshi ishlashi uchun ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Yurakning yaxshi ishlashi uchun ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Yurak uchun parhez oddiy ibora emas. Bir paytlar “yurakka yo‘l oshqozon orqali o‘tadi” degan gap aytilgan va shundan beri bu fikr ko‘pchilik tomonidan asossiz ravishda qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Aslida esa bu qarashda haqiqat bor: parhez yurak faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yurak uchun parhez yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq mavjud muammolar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, har qanday yurak kasalliklarining oldini oladi.

Yurak uchun parhez nimani anglatadi?

Yurak uchun parhez — boshqacha aytganda, kardiotrofik ovqatlanish — nafaqat bemorlarda yurak kasalliklarining belgilari va rivojlanishini kamaytirishga yordam beradi, balki butunlay sog‘lom odamlarda ham yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada pasaytiradi. Kardiologlar ko‘pincha yurak uchun parhez bemorlar sog‘lig‘ini ancha yaxshilashini ta’kidlaydi. Buning uchun kundalik ratsionga qaysi mahsulotlarni kiritish va qaysilarini butunlay unutish kerak?

Ratsiondan nimani chiqarib tashlash kerak?

Kardio parhezda mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati, masalan, qandli diabet yoki o‘t pufagi kasalligi bo‘lganlar parhezidek ko‘p cheklov qo‘ymaydi. Biroq kardiolog bemorga to‘g‘ri ovqatlanish haqida avvalo iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni aniq aytadi.

Spirtli ichimliklar. Spirtli ichimlik nafaqat yurakka, balki butun organizmdagi tizimlarga ham salbiy ta’sir qilib, ularning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bois ratsiondan birinchi navbatda spirtli ichimliklarni chiqarish tavsiya etiladi.​

Tuz. Ko‘zga ko‘rinmaydigan tuz kristallari yurakka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki yurak-qon tomir kasalliklarining aksariyati qisman suv-tuz balansining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Organizmda natriy tuzlari miqdori me’yordan oshishi bilan to‘qima va organ hujayralarida ortiqcha suv to‘plana boshlaydi, bu esa shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada yurak mushaklari va qon tomirlariga katta zo‘riqish tushadi. Tuzni kuniga 5 grammgacha iste’mol qilish lozim, shundagina yurakka ortiqcha bosim bo‘lmaydi. Sof tuzdan tashqari, odatdagi tuzlangan mahsulotlar ham ratsiondan chiqarilishi kerak.

Suv. Suv iste’molini cheklash uni butunlay ichishni to‘xtatish degani emas. Ammo parhezshunoslar tavsiya qiladigan an’anaviy 2,5 litrni unutishga to‘g‘ri keladi. Kardiologlar suyuqlikning umumiy miqdori kuniga 1 litrdan oshmasligini tavsiya qiladi.

Yog‘li mahsulotlar. Odatda shifokorlar yog‘li mahsulotlarni ratsiondan butunlay chiqarib tashlashni maslahat beradi, ammo aslida yurak uchun parhezda almashtirish tamoyilini qo‘llash mantiqiyroq va yoqimliroq: qo‘y va mol go‘shti o‘rniga parranda go‘shtini tanlash, shirinliklar o‘rniga mevalarni iste’mol qilish mumkin.

Kofeinli ichimliklar. Har qanday kofeinli ichimliklar — qahva, energetik ichimliklar, choy — yurak salomatligi uchun nomaqbuldir. Buning o‘rniga mineral suv, mevali ichimliklar va o‘simlik choylarini ichish yaxshiroq va foydaliroq.

Yurak salomatligini saqlash uchun qanday ovqatlanish kerak?

Kaliy va magniy. Birinchisi normal yurak ritmini ta’minlaydi, ikkinchisi esa yurakni kislorodli qon bilan ta’minlaydigan qon tomirlarining kengayishiga yordam beradi. Kaliy o‘rik, quritilgan olxo‘ri, sitrus mevalar, yong‘oqlar, kartoshka, grechka va klyukvada ko‘p uchraydi. Magniyni dengiz o‘tlari, donli non va yorma mahsulotlaridan topish mumkin.

Oqsil. Ma’lumki, oqsil mushaklar, jumladan miokard uchun asosiy elementdir. Shu sababli oqsilga boy ovqatlanish kardiotrofik parhezda juda muhimdir. Oqsil yog‘siz sut va tvorogda, baliq hamda yog‘siz go‘shtda mavjud.

Murakkab uglevodlar. Bu pishiriqlar, murabbo va chipslarda bo‘ladigan uglevodlar emas, chunki ular organizm uchun haqiqatan ham zararli hisoblanadi. Sog‘lom uglevodlar don va dukkakli ekinlarda mavjud.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.