Yurak xurujini ertaroq aniqlashga yordam beradigan 6 ta ogohlantiruvchi belgi

Yurak xurujini erta aniqlashga yordam beruvchi 6 ta ogohlantiruvchi belgi
Yurak xuruji ko‘pincha odatiy alomatlar bilan emas, balki boshqa kasalliklarga o‘xshash yoki kutilmagan belgilar bilan boshlanadi. Bunday holatlarda inson ko‘pincha ogohlantiruvchi signallarga e’tibor bermaydi va qimmatli vaqtni boy beradi.
Buyuk Britaniyada barcha o‘limlarning chorak qismi yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq. Shu sababli, xavfni o‘z vaqtida anglash va imkon qadar tezroq choralar ko‘rish uchun yaqinlashib kelayotgan yurak xurujining dastlabki belgilarini bilish muhimdir. Bu bilimlar kimningdir hayotini saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
**Yurak xuruji haqida**
Avvalo, yurak xuruji mexanizmini ko‘rib chiqaylik. Bu arteriya orqali yurakka qon oqimi sezilarli darajada yoki to‘liq to‘xtatilganda yuzaga keladi. Yurak mushaklarining bir qismi ishlashdan to‘xtashi uchun hatto qisqa vaqt ham yetarli. Masalan, miokard infarkti rivojlanishi uchun arteriyaning 15-30 daqiqa davomida to‘liq to‘silishi kifoya. Shuning uchun tezroq harakat qilish muhimdir.
Yaqinlashib kelayotgan yurak xurujining belgilari erkaklar va ayollarda farq qiladi va ko‘pincha tananing turli qismlarida og‘riq sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ayollar, qariyalar va ayniqsa, diabetga chalingan bemorlarda ko‘krak qafasida og‘riqlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, alomatlar yurak xurujini emas, balki grippni eslatishi ham mumkin.
**1. Ko‘krak, qo‘llar, orqa, bo‘yin, chakka sohalaridagi og‘riq**
Bemor ko‘krak qafasining markazida bosim, siqilish yoki nafas yetishmasligini his qila boshlaydi. Og‘riq bel, qorin, yelka, qo‘llar, bo‘yin, boshning orqa qismi va hatto jag‘ga ham tarqaladi. Yurak xurujida belning yuqori qismidagi og‘riq siqilish yoki bosim sifatida seziladi va chap qo‘l o‘ng qo‘lga qaraganda tez-tez uvushadi.
**2. Charchoq (xuddi kasal bo‘layotgandek tuyulishi)**
Ma’lum bo‘lishicha, yurak xurujidan taxminan bir oy oldin bemorlarning yarmidan ko‘pi o‘zlarini juda charchagan va zaif his qiladi. Terlash, nafas qisilishi, tanadagi og‘riqlar va yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan boshqa simptomlar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik tomoq og‘rig‘i yoki gripp bilan bir xil alomatlarga duch keladi.
**3. Bosh aylanishi**
Bosh aylanishi yoki beqarorlik hissi ham yurak xurujining alomatlari bo‘lishi mumkin. Bu qon aylanishining yomonlashishi bilan bog‘liq. Qon quyuqlashganda yurak va miya kislorod yetishmasligini boshdan kechiradi va bosh aylanadi.
**4. Ko‘ngil aynishi**
Ayollarda bu alomat erkaklarnikiga qaraganda ikki baravar ko‘proq kuzatiladi.
**5. Havo yetishmasligi**
Nafas qisilishi shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish uchun jiddiy sababdir. Jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanmaganda ham to‘satdan kislorod yetishmasligi hushyorlikni talab qiladi.
**6. Ruhiy holatning yomonlashuvi**
Yurak xuruji yuz berishidan avval vahima, haddan tashqari tashvishlanish hissi ham paydo bo‘ladi. O‘zingiz yoki atrofdagilarda yuqoridagi belgilardan biri yoki bir nechtasi namoyon bo‘lsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish zarur. Agar bemor kasalxonaga borishdan yoki shifokorni chaqirishdan bosh tortsa, qat’iyatli bo‘lish va tezroq harakat qilish kerak.

