Yunusoboddagi koʻprikda Toyota va Tracker 2 toʻqnashdi
12-oktabr kuni soat 23:10 larda Toshkentning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish koʻchasidan oʻtuvchi koʻprik ustida Toyota va Tracker 2 avtomobillari toʻqnashdi. Hodisada hech kim jarohatlanmagan.

Yunusoboddagi koʻprikda Toyota va Tracker 2 toʻqnashdi
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Toyota avtomobilini boshqargan 2007-yilda tugʻilgan M.J. boshqaruvni yoʻqotib, oraliq masofani saqlay olmagan.
Shu sabab u oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan, 1980-yilda tugʻilgan N.A. boshqaruvidagi Tracker 2 avtomobili bilan toʻqnashgan.
YHXBning bildirishicha, har ikki haydovchi hushyor holatda boʻlgan va hodisa joyidan ketib qolmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

